Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MFY raislari uchun “Saylov qonunchiligi” bo‘yicha o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
2024-09-27 10:23:12 176
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tumandagi barcha MFY raislari uchun “Saylov qonunchiligi” bo‘yicha o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari boshlandi.
Tadbirda, tuman hokimi Anvarjon Abdullayev ishtirok etdi va ishtirokchilarni bu siyosiy tadbirlarni yuqori darajada tashkil etishda birdek harakat qilish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida tumanidagi mavjud 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislariga zamonaviy planshetlar berildi. Bu bilan ularning xizmat faoliyatini yengillashtirib, tezkor xizmat olib borishlariga ko‘maklashildi.
Planshetlar tuman hokimi tomonidan o‘z egalariga topshirilib, ezgu tilaklar bildirildi.