Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tashrif
2024-09-26 21:41:01 146
Qo‘shtepa tumaniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari S.I.Samadov boshchiligidagi ishchi guruhi tashrif buyurdi.
Ishchi guruh dastlab “Nurafshon” mahallasi hududidagi sanoatchilar mavzesida bo‘lib, ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayoni bilan tanishdi. Pudratchi, loyihachi hamda buyurtmachilarga ob’yektlarni sifatli va vaqtida topshirish choralarini ko‘rish buyicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Qumtepa” mahallasida bo‘lgan ishchi guruh “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashdi. Hudud infratuzilmasidagi o‘zgarishlar va rejadagi ishlar borasida so‘z yuritildi hamda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bundan tashqari, ishchi guruh tumandagi Xalq qabulxonasida ham bo‘lib, qabulxona faoliyati, shuningdek fuqarolarning muammolarini ijobiy hal etish, joylardagi muammolarni joyida hal etish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘z tavsiyalarini berishdi.