Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanida tadbirkorlar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi

×

 2024-09-26 15:42:04    128

PDF yuklash
Chop etish




Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Yunusov, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB respublika mas’ul xodimi A.Xasanov, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ viloyat hududiy vakili E.Maqsudov va “Markaziy bank” Farg‘ona viloyati Bosh boshqarmasi vakili A.Akbaraliyevlar boshchiligida o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv seminarda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar va mahalladagi hokimi yordamchilari ishtirok etishdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.09.2024-yildagi PQ-312-sonli "“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash" kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori va 12.08.2024-yildagi PF-109-sonli "Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni mazmun mohiyati, hamda "Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan mijozlarga tavsiya etiladigan biznes uchun lizing (texnika yoki uskunalarni sotib olish uchun 1,5 mlrd. so‘mgacha), eksportyorlarga revolver krediti (1,5 mlrd so‘mgacha eksportyorlarga revolver kredit), tadbirkorlik uchun maqbul kredit (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun 1,5 mlrd. so‘mgacha), biznesni boshlash va kengaytirish uchun (1 mlrd. so‘mgacha sanoat, xizmat, savdo va boshqa yo‘nalishlarga), loyihani amalga oshirish uchun kredit (tadbirkorlik faoliyatini 500 mln so‘m bilan tashkil etish), revolver kredit (asosiy vosita va aylanma mablag‘ uchun 150 mln. so‘mgacha), garovsiz kredit (biznesni boshlash va kengaytirish uchun 100 mln. so‘mgacha) haqida tushunchalar berildi.