Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 148 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Gandbol bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

×

 2024-09-26 13:06:11    65

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport o‘yinlarining joriy etilishi mahallalarda, aholining keng qatlami orasida ommaviy sport harakati yangi bosqichga chiqishini ta’minlash bilan birga iqtidorli yoshlarni saralashda qo‘l kelmoqda.

Xususan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda gandbol bo‘yicha boshlangan uch bosqichli “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalari ham barkamol avlod vakillarining eng e’tiborli ommaviy sport tadbiri sifatida e’tirof etilmoqda.

Aytish lozimki, ayni kunlarda Qo‘shtepa tumanidagi mavjud mahallarda kubokning dastlabki bosqich bellashuvlari ko‘tarinki tarzda uyushtirildi. Sportchilarning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi esa o‘yinlarni yanada murosasiz o‘tishini ta’minlamoqda.

Jumladan bugun tumandagi 1-son kasb-hunar maktabida gandbol bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Sektorlar kesimida o‘tkazilgan musobaqada “Fayz”, “Karnaychi”, “Garmdon” va “Kattaboltako‘l” MFY yoshlari o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqada “Fayz” mahallasi yoshlari g‘oliblikni qo‘lga kiritib viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.