Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanida “surunkali alkogolizm” kasalligi bilan ro‘yxatda turgan shaxslar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

×

 2024-09-25 19:46:00    141

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida “surunkali alkogolizm” kasalligi bilan jami 138 nafar bemor ro‘yxatga olingan. Ushbu shaxslarni ish bilan ta’minlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda sport to‘garaklariga jalb qilish orqali ularning g‘ayriijtimoiy turmush tarziga chek qo‘yish va kelgusida ushbu shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida, tuman prokurorining tashabbusi bilan barcha “surunkali alkogolizm” kasalligi bilan ro‘yxatga olingan shaxslar uchun tumandagi “Madaniyat markazi”da bepul tibbiy ko‘rik va “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Tadbir davomida “surunkali alkogolizm” kasalligi bilan ro‘yxatda turib, ishsiz bo‘lgan 5 nafar shaxslar ish bilan ta’minlandi,

14 nafariga huquqiy masalada maslahatlar berildi. Ularning 4 nafari majburiy va 2 nafari ixtiyori davolanishga yuborildi. 9 nafari sport  to‘garagiga jalb qilindi va 1 nafariga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun pul mablag‘i ajratildi.