Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tuman rahbari paxta yig‘im-terimini tashkil etilishi jarayoni bilan tanishdi

×

 2024-09-25 18:52:05    66

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev va sektor rahbarlari bugun hududlarda bo‘lib paxta yig‘im-terimini tashkil etilishi jarayoni bilan tanishdi.

Joriy yilda qo‘shtepalik paxtakorlar jami 6 ming 790 gektar maydondan 24.6 ming tonna  yuqori sifatli hosil olishni ko‘zlashgan. Qolaversa, 6 ta paxta terish mashinasi mavsumda ishtirok etayotgani muhim samara beryapti.

Sektor rahbarlari tomonidan “Baxt Yo‘ldosh Oxun” MMTP hududidagi fermer xo‘jaliklarida paxta yig‘im-terimini tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi. Fermer xo‘jaliklarida paxta yig‘im-terimida qo‘l mehnati ulushini kamaytirish, terimni mexanizatsiyalashgan shaklda tashkil qilish maqsadida paxta terish mashinasida hosil yig‘ilmoqda.

Tuman rahbari tomonidan terimchi va mexnazarotlarga yetarli sharoit yaratish, terim sifati, sur’atni  oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.