Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturi” koordinatori Qo‘shtepa tumanida
2024-09-25 16:58:14 97
Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida do‘stlik aloqalari asrlar osha davom etib kelmoqda. Birgina misol, Yaponiya hukumatining “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturi” doirasida ijtimoiy soha ob’yektlari xususan maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash tizimiga yapon xalqining beg‘araz yordami asosida zamonaviy jihozlar bilan jihozlash loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Qo‘shtepa tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jami 89.0 ming AQSH dollar miqdorida mablag‘ ajratilib beg‘araz yordam ko‘rsatilgan. Shundan tumandagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 40814 AQSH dollari miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatilib, mebel hamda oshxona va o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi.
Bugun, 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Yaponiya elchixonasining “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturi” koordinatori Nana Maruyama xonim tashrif buyurdi.
Mehmonlar tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari ishtirokida milliy urf-odatlarimizga ko‘ra non-tuz bilan kutib olindi.
Muassasani jihozlash uchun ajratilgan yordamdan ta’lim tashkilotini qay darajada rivojlantirishga yordam bera olganini baholash maqsadida tashrif buyurgan mehmonlar loyiha doirasida harid qilingan jihozlardan qay darajada foydalinganlik xolatini ko‘zdan kechirdilar.