Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 173 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanidagi “Xumdon” mahallasida “Xumdon shifo” oilaviy korxonasiga qarashli davolash maskani o‘z faoliyatini boshladi

×

 2024-09-24 17:54:38    70

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda aholi salomatligini ta’minlash, buning uchun esa barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, odamlarni o‘z hayotlaridan rozi qilish – asosiy maqsadiga aylangan. Zero, ularning manfaatlarini himoya qilish oliy vazifadir.

Shu maqsadlar yo‘lida “Xumdon” mahallasidagi “Xumdon shifo” oilaviy korxonasiga qarashli davolash maskani o‘z faolyatini boshladi.

Maskanning ochilish marosimida tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla ahli va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Anvarjon Abdullayev davlatimiz tomonidan yaratib berilgan qator imtiyozlarga to‘xtalib o‘tdi. Hudud ahlini yangi va zamonaviy muassasa bilan qutlab, loyiha tashabbuskorlarining kelgusi ishlarida zafarlar tiladi.  

Tadbirkor Oxunjon Abdurasulovning tashabbusi bilan mahalla ahlining talab va istaklaridan kelib chiqib qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, shuningdek zamoniy tibbiy uskunalar, jihozlar keltirilib, yangi 12 ta ish o‘rni yaratildi.

Maskanda bemorlar, qolaversa tibbiyot xodimlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Malakali shifokorlar tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Bu esa bemorlarga o‘z vaqtida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Shu kuni mehmonlar tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.