Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"Shodlik pishiriqlari"ning ochilish marosimi bo‘ldi

×

 2024-09-22 08:39:44    105

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi Qoraqushchi mahallasida Jahon banki, Oila va xotin qizlar qo‘mitasi va "Mexrjon"  nodavlat tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan qishloq ayollarini iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyiha asosida tashkil etilgan "Shodlik pishiriqlari" MCHJning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Shodlik pishiriqlari" MCHJga Jahon banki tomonidan ajratilgan grant asosida jihozlar va uskunalar, xom-ashyo xarid qilinib, bugungi kunda aholining talabiga mos pishiriqlar tayyorlab faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ochilish marosimida tuman hokimi A.Abdullayev, Jahon banki, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbirda Qo‘shtepa tumanida shu loyiha asosida tashkil etilgan Jahon banki grantini olib faoliyatini boshlagan beshta tadbirkorlik sub’yektlarining ko‘rgazmalari tashkil etildi.