Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Jahon banki missiyasi Qo‘shtepada
2024-09-21 23:14:00 167
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2020 yil 25-noyabr kungi Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investisiya banki ishtirokida "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi"ni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4898 qaroriga muvofiq, Qo‘shtepa tumanidagi “Baland masjid” mahallasiga QIRL loyihasi doirasida Jahon banki missiyasi tashrifi amalga oshirildi. Mehmonlarga tuman hokimligi va mahalla mas’ullari hamrohlik qildi.
Mahallaga tashrif buyurgan mehmonlarni baland masjidliklar milliy urf-odatlarimizga ko‘ra non va tuz bilan kutib oldilar. Ularga shirinliklar va mahallada yetishtirilgan uzumlar ikrom etilib, badiy dastur ham namoyish etildi . Ayniqsa mehmonlarga tuman madaniyat bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Kabutar” folklor ansambilining chiqishlari juda manzur bo‘ldi.
Jahon taraqqiyot banki dasturi doirasida “Baland masjid” mahallasiga loyiha uchun 4 milliard 718 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 12.8 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortish, bir dona suv minorasi o‘rnatish hamda bir dona suv minorasini rekantruksiya qilish kabi ishlar bajarildi. Qolaversa, loyiha doirasida 13 ta ko‘chalarning 14.2 km qismida asfaltlashtirish ishlari olib borildi. Eng asosiysi, mahalla ahli bunday e’tibordan mamnun va minnatdor ekanliklarini bildirishdi.
“Baland masjid” mahallasida bo‘lgan mehmonlar loyihaning ijro holati bilan tanishib, u yerda olib borilgan ishlarni yuqori baholashdi.