Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi
2024-09-21 22:07:14 160
Viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Probatsiya oyligi" davomida Qo‘shtepa tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan mahkumlarni ish bilan ta’minlash maqsadida tuman IIB va Kambag‘allikni qisqartirish va Axoli bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi.
Tadbir davomida tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ularda yaratilgan shart sharoitlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, jami 9 nafar mahkumlarga bo‘sh ish o‘rinlarga yo‘llanmalar berildi, shuningdek, 3 nafar nazorat ostidagi shaxslarni bandligi ta’minlandi.