Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 141 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanida uchta fermer xo‘jaligi birinchilardan bo‘lib paxta tayyorlash shartnoma rejasini bajardi

×

 2024-09-21 21:58:27    95

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda tuman paxtazorlarida hosil yig‘im-terim ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Paxta maydonlari “Qumtepa qamishtepa” MMTP hududida joylashgan “Abdurashid zamin gavhari”  fermer xo‘jaligi birinchi terimdayoq tumanda paxta rejasini ortig‘i bilan bajardi. Mavsumda 30,2 gektar yerda paxta xosilini yetishtirgan xo‘jalik mirishkori uygan paxta xirmoni 102 foizga bajarilib, 42 syentnerni tashkil qildi.

Shu munosabat bilan bugun tuman sektor rahbarlari g‘olib fermer xo‘jaligi a’zolarini qutlash uchun tashrif buyurishdi. Tushlik mahali tashkil etilgan tadbirda ilg‘or terimchilarga va erta bahordan dala mehnat qilgan mirishkor dehqonlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida yana shuni alohida quvonch bilan tilga olish kerakki, “Qumtepa qamishtepa” MMTP hududidagi “Rustam Ravshanov” va “Havasmand Qorajiyda” MMTP hududidagi “Davri Tursun” fermer xo‘jaliklari ham paxta tayyorlash shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi. Ushbu fermerlarning ilg‘or terimchilari va mirishkor dehqonlariga ham sektor rahbarlari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.