Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xotin-qizlarga grant sertifikatlari topshirildi
2024-09-21 13:20:48 172
Farg‘ona shahridagi Ishga marhamat monomarkazida "Qishloq ayollarini iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasi doirasida grant sertifikatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jahon banki, Oila va xotin qizlar qo‘mitasi, “Mehrjon” nodavlat tashkiloti hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi vakillari, shuningdek, Qo‘shtepa, Yozyovon, Furqat, Co‘x tumanlaridan Jahon banki granti ajratilayotgan ayollar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Qo‘shtepa tumanidan oltita guruhlardan tashkillangan MCHJ larga 40 000 dollardan ziyod mablag‘ uchun sertifikatlar topshirildi.