Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanida 6 ta paxta terish mashinasida hosil yig‘ilmoqda

×

 2024-09-20 13:10:20    156

PDF yuklash
Chop etish


#Paxta_ mavsumi_2024

Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev bugun hududlarda bo‘lib paxta yig‘im-terimini tashkil etilishi jarayoni bilan tanishdi.

Joriy yilda qo‘shtepalik paxtakorlar jami 6 ming 790 gektar maydondan 24.6 ming tonna  yuqori sifatli hosil olishni ko‘zlashgan. Qolaversa, 6 ta paxta terish mashinasi mavsumda ishtirok etayotgani muhim samara beryapti.

“Langar” MMTP hududidagi “Nishonov Rovshan Odil o‘g‘li” fermer xo‘jaligida paxta yig‘im-terimini tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi. Ushbu fermer xo‘jaligida paxta yig‘im-terimida qo‘l mehnati ulushini kamaytirish, terimni mexanizatsiyalashgan shaklda tashkil qilish maqsadida paxta terish mashinasida hosil yig‘ilmoqda.

Tuman rahbari tomonidan terimchi va mexnazarotlarga yetarli sharoit yaratish, terim sifati, sur’atni  oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.