Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Paxta yig‘im-terimi mavsumi munosabati bilan “Aylanma ota” ziyoratgohida tadbir o‘tkazildi

×

 2024-09-18 14:30:13    127

PDF yuklash
Chop etish


Har yilgi an’anaga muvofiq paxta yig‘im-terimi mavsumi munosabati bilan tuman hokimi A.Abdullayev boshchiligidagi sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasiga daxldor tashkilotlar, mehnat faxriylari va nuroniylar “Qamishtepa” mahallasidagi “Aylanma ota” ziyoratgohida jam bo‘lishdi.

Shukronalik tadbiri avvalida jonliq so‘yilib, nuroniylar uchun to‘kin dasturxon yozildi. Ishtirokchilar tomonidan bobodehqonlar oldidagi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli ishlarida kuch-quvvat, yurtimizda mo‘l-ko‘lchilik, to‘kin-sochinlik barqaror bo‘lishligini tilab duo qilindi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bu yil Qo‘shtepa tumanida jami 6 ming 890 gektar yerda g‘o‘za parvarishlandi. Tumanda bevosita paxtachilikka ixtisoslashgan 147 ta fermer xo‘jaligi bilan mavsum oldidan tuzilgan davlat shartnoma rejalariga muvofiq agrotexnik tadbirlar talab darajasida olib borildi. Mutaxassislar mo‘ljaliga binoan mavsumda yetishtiriladigan va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan yalpi xirmon salmog‘i 24.6 ming tonnaga yetkazilishi belgilangan. Hozirgi kunda paxta terish jarayoni jadal suratlarda olib borilmoqda.

Qolaversa, 6 ta paxta terish mashinasi mavsumda ishtirok etayotgani muhim samara beryapti. Asosiysi, paxtachilikdagi yangicha yondashuvlar, ilm-fanning tatbiq etilishi natijasida hosildorlik yildan-yilga oshmoqda.