Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

×

 2024-09-18 13:04:17    134

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Tuman hokimi A.Abdullayev rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari, tegishli idoralarning rahbarlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, muammo va takliflar yuzasidan murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi. Yoshlar tomonidan o‘rtaga tashlangan tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli kredit olish, ishga joylashish kabi masalalarga oid 9 ta murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘z o‘rnida, “Hokim va yoshlar” uchrashuvida bildirilgan barcha taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, ko‘tarilgan muammoli masalalar ijrosi nazoratga olindi.