Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Maktab qayta rekonstruksiya qilinmoqda

×

 2024-09-18 08:28:28    122

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi” – Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ushbu ezgu g‘oya zamirida ta’lim-tarbiya sifat va samaradorligini oshirish barobarida maktablarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish, o‘quvchi-yoshlarni zamon andozalariga mos ravishda komil insonlar etib tarbiyalashdek eng dolzarb vazifa va maqsadlar o‘z aksini topgan. Ayni yo‘nalishdagi islohotlar samarasi o‘laroq, Qo‘shtepa tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari qiyofasi ham tubdan o‘zgarib, ta’lim sifati yaxshilanib bormoqda.

Tumanning chekka hududlaridan biri hisoblangan “Paxtakor” mahallasi hududidagi 31-maktab binosi  keyingi yillarda butunlay eskirgan, bundagi shart-sharoitlar ham talab darajasida emas edi. Tuman hokimligi e’tibori bilan maktab binosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404 sonli qarori bo‘yicha mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilib, qayta rekonstruksiya qilinmoqda.  Shuningdek 12x24 sport zali qurish ishlari ham olib borilmoqda.

Ob’yektda katlava qazish va beton quyish ishlari tugatildi. Hozirda beton o‘rnatish ishlari bajarilmoqda hamda mavjud binolarni ichki va tashqi fasad qismlari ta’mirlanib, eshik-romlar butkul yangilandi, qolaversa isitish ta’minoti ham yaxshilanmoqda.