Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANIDA JORIY YILDA 6890 GEKTAR MAYDONDA PAXTA EKILGAN BO’LIB, AYNI KUNLARDA YIG’IM-TERIM ISHLARI QIZG’IN DAVOM ETMOQDA
2024-09-18 08:08:00 124
6 ta paxta terish mashinasi mavsumda ishtirok etayotgani muhim samara beryapti. Asosiysi, paxtachilikdagi yangicha yondashuvlar, ilm-fanning tatbiq etilishi natijasida hosildorlik yildan-yilga oshmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda tumandagi paxta terimi jarayoni bilan tanishdi, fermerlar, terimchilar bilan suhbatlashdi.
“Nuriddin Toshqulov” fermer xo’jaligida 44 gektar maydonda paxtaning “Namangan-77” navi parvarishlanib, ayni kunlarda hosil terib olinmoqda. Birinchi terimning o’zida hosildorlik 50 tsentnerga yetdi. Viloyat rahbari dala maydonida bo’lib, paxta hosilini ko’zdan kechirdi.
“Fayzli Odil Mahmud” fermer xo’jaligida ham mo’l hosil yetishtirildi. Bu yerda terim qizg’in pallaga kirgan. Fermer Javlonbek Abduvaliyevning aytishicha, bu yil ilk bor paxta terish mashinasida ham hosil teriladi. Viloyat rahbari bilan suhbatda fermer ilgari shu yerlardan o’rtacha 20-22 tsentner paxta olganligi, endilikda esa hosildorlik 50-60 tsentnerni tashkil etayotganligini bildirdi. Xayrullo Bozorov bugun qishloq xo’jaligi, xususan, paxtachilikdagi ilg’or tajribalar fermerlar uchun manfaatli bo’layotganligini, navni tanlashdan boshlab, uni yetishtirishgacha bo’lgan jarayonda ilm zarurligini ta'kidlab o’tdi.
“Rustam Ravshanov”, “Alijon Bobomurod zamini” fermer xo’jaliklaridagi terim jarayoni borib ko’rildi. Ilg’or terimchilarga esdalik sovg’alari topshirildi.