Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Jarayon
2024-09-14 12:11:58 209
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligining yig‘ilishlar zalida tuman hokimi A.Abdullayev hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i J.Jumanov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumandagi mavjud 51 ta mahalla “yettiligi” va mas’ul rahbarlar ishtirok etishdi.
Ushbu yig‘ilishda asosiy masala Prezidentimiz raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazilgan yig‘ilish bo‘yicha tumanimizda olib borilayogan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek yig‘ilishda viloyat hokimning topshirig‘iga asosan hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambag‘al oilalarni daromadini oshirish hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish, har bir topshiriqlarni joyiga borgan xolda bajarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ham so‘z yuritildi.