Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Tashabbusli byudjet” doirasida Qo‘shtepadagi 20-umumta’lim maktabi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi

×

 2024-09-14 09:40:13    58

PDF yuklash
Chop etish


Jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalar asosida Qo‘shtepa tumanidagi umumta’lim maktablarida ham keng ko‘lamli yangilanishlar amalga oshirilayotir.

Xususan, joriy yilning birinchi mavsumida tumandagi 20-umumta’lim maktabida ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish uchun munosib hamda zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ilgari surilgan tashabbus g‘olib deb topildi. Natijada mazkur o‘quv maskani “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida zamonaviy uskunalar va jixozlar bilan ta’minlandi.

Bu loyihani amalga oshirish uchun davlat byudjetidan yo‘naltirilgan 931 000 000  so‘m mablag‘ evaziga 25 ta “aqlli o‘quv doskasi”, o‘quvchilar uchun 200 ta, o‘qituvchilar uchun esa 20 ta partalar harid qilinib, dargohning moddiy-texnik bazasi zamonaviy mezonlar asosida yaxshilanadi.