Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Loyson” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda
2024-09-13 08:35:50 239
Qo‘shtepa tumanida mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar davom etmoqda.
Jumladan, ichimlik suvi ta’minoti og‘ir hududlarda yashovchi aholi xonadonlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida tuman hokimining 2024 yil 31-may kungi farmoyishiga asosan “Loyson” mahallasidagi Mulkabod ko‘chasiga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan D-76 mmli 400 metr poletelin suv quvurlari olib berildi.
Suv quvurlarini tortish, yer qazish ishlari mahalla ahli tomonidan hashar yo‘li bilan montaj ishlari esa “Farg‘ona suv ta’minoti” MJCH tuman bo‘limi tomonidan bajarildi.