Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 171 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepada ishsizlarning bandligi ta’minlanmoqda

×

 2024-09-11 13:13:37    107

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida ehtiyojmand, ko‘makka muxtoj, ishsiz xotin-qizlar hamda yoshlarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan bugun mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga ko‘ra ishsiz xotin-qizlar va yoshlarga Mahallabay ishlash agentligi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida 8 ta zamonaviy tikuv mashinalari hamda 11 ta motokultivator topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Yunusov va M.Yuldashevalar mamlakatimizda xotin-qizlarga hamda yoshlarga berilayotgan e’tibor, shuningdek ularni bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, 19 nafar xotin-qizlar va yoshlarga subsidiya asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishlariga zarur bo‘lgan mehnat qurollari topshirildi.