Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 154 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yurt iftixori onasi

×

 2024-09-09 14:57:53    291

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari M.Yuldasheva “Shomirza” mahallasida yashovchi, Parij Paralimpiya o‘yinlarida para yengil atletika bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan Yorqinbek Odilov xonadonida bo‘lib, chempionning onasi Shukriyaxon Sharapova bilan uchrashdi.

Parij-2024 Paralimpiya oltin medali sohibining onasi Shukriyaxon “Onalarga ehtirom” festivalining tuman bosqichida “Yurt iftixori onasi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan edi. Bugungi kunda Shukriyaxon O‘zbekiston iftixori onasiga aylandi.

M.Yuldasheva Shukriyaxonni farzandining ushbu tarixiy g‘alabasi bilan qutlab, suhbat davomida Yorqinbek kabi sportchilarimizning erishgan g‘alabasi barchaga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlaganini, ularning matonat va irodasi yoshlarga namuna ekanligini alohida qayd etdi.