Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepalik 27 nafar vaqtincha ishsizlarning bandligi ta’minlandi
2024-09-09 13:32:02 301
Bugun Qo‘shtepa tumanida 27 nafar ishsizlarga Mahallabay ishlash agentligi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida tikuv mashinasi, noutbuk, beton buzuvchi dastgoh va kompessor berildi.
Mazkur tadbirda ishtirok etib, mehnat qurollari olganlarning barchasi mahallalardagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchi fuqarolar hisoblanadi.
Tadbirda viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari X.Sirojitdinov, tuman hokimi A.Abdullayev hamda tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari, mahallalarning hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.
Shuningdek tadbir davomida tuman hokimligi va kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda fuqorolarni bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.