Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA 350 O‘RINLI YANGI NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI ISH BOSHLADI

×

 2024-09-05 11:48:35    103

PDF yuklash
Chop etish











Bugun Qo‘shtepa tumani “Do‘stlik” mahallasi hududida “Do‘rmon yulduzlari” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Yurtimizda maktabgacha ta’limga bo‘lgan yuksak e’tibor hamda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida ushbu muassasa uchun tadbirkor J.Turg‘unov tomonidan 2,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Quvvati 350 o‘rinli ta’lim tashkilotining ochilishi munosabati bilan 20 ta ish o‘rni yaratildi.

Tashkilotning ochilish marosimida so‘z olganlar bolajonlarni yangi muassasa faoliyat boshlagani bilan muborakbod etdi. Yig‘ilganlarga bolajonlar tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi.

Yangi bog‘chaning ochilish marosimida tuman hokimi A.Abdullayev, sektor rahbarlari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi ta’kidlaganidek, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qo‘shtepa tumanida ham maktabgacha ta’lim maskanlarini ko‘paytirish uchun oilaviy, nodavlat hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘chalar tashkil etilmoqda. Natijada tumanda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni va bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish darajasi yildan yilga ortib bormoqda.

Yangi maktabgacha ta’lim muassasasida kichkintoylarning sifatli boshlang‘ich ta’lim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Muhtasham bino, malakali mutaxassislar jamoasi, zamonaviy texnika vositalari va jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv xonalari, alohida oshxona, sayr qilish uchun bog‘, xovuz barchasi bolajonlar xizmatida.

Maskanda ta’lim-tarbiya jaryoni ilg‘or xorijiy tajribalar asosida olib borilishi rejalashtirilgan. Rus, ingliz tillari chuqur o‘rgatiladi va mental arfmetika, badiiy gimnastika, taekvondo singari to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu maskan ochilishi mahalla ahli uchun mustaqilligimizning 33 yiligiga ajoyib sovg‘a bo‘ldi.






















































































































































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram