Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 115 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSTAQILLIK INSHOOTLARI

×

 2024-09-02 15:48:16    307

PDF yuklash
Chop etish



“Quvurboshi” mahallasida yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi

Barchamizga ma’lumki, har yili yurtimizda mustaqillik bayrami arafasida yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy, maishiy va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini foydalanishga topshirish an’anaga aylangan.

Bugun ham tumanimizda Mustaqillik bayrami keng nishonlanayotgan kunlarda navbatdagi ob’ekt ochildi.

Qo‘shtepa tumanidagi “Quvurboshi” mahallasi hududida “Bestminster kids” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi. Yangi bog‘chaning ochilish marosimida tuman hokimi A.Abdullayev, tuman prokurori A.Xudoyberganov, jamoatchilik vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi ta’kidlaganidek, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. tumanimizda ham maktabgacha ta’lim maskanlarini ko‘paytirish uchun oilaviy, nodavlat hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘chalar tashkil etilmoqda. Natijada tumanda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni va bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish darajasi yildan yilga ortib bormoqda.

Yangi maktabgacha ta’lim muassasasida kichkintoylarning sifatli boshlang‘ich ta’lim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ushbu maskan mahalla ahli uchun mustaqilligimizning 33 yiligiga ajoyib sovg‘a bo‘ldi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram