Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUSTAQILLIK INSHOOTLARI
2024-08-31 11:48:22 324
Qo‘shtepa tumanida yana bir zamonaviy xususiy klinika o‘z faoliyatini boshladi
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida Qo‘shtepa tumanidagi “Qorajiyda” mahallasida “Pazilatxon ona” xususiy klinikasi foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda aholi salomatligini ta’minlash, buning uchun esa barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, odamlarni o‘z hayotlaridan rozi qilish – asosiy maqsadiga aylangan. Zero, ularning manfaatlarini himoya qilish oliy vazifadir.
Shu maqsadlar yo‘lida “Qorajiyda” mahallasidagi “Pazilatxon ona” xususiy klinikasi o‘z faolyatini boshladi.
Maskanning ochilish marosimida tuman sektor rahbarlari, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh Abdullayev, tibbiyot sohasi mas’ullari, mahalla ahli va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Anvarjon Abdullayev davlatimiz tomonidan yaratib berilgan qator imtiyozlarga to‘xtalib o‘tdi. Hudud ahlini yangi va zamonaviy muassasa bilan qutlab, loyiha tashabbuskorlarining kelgusi ishlarida zafarlar tiladi.
2,5 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga qad rostlagan ushbu tibbiy xizmat ko‘rsatish klinikasiga “Pazilatxon ona” MChJ tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, shuningdek zamoniy tibbiy uskunalar, jihozlar keltirilib, yangi 24 ta ish o‘rni yaratildi.
Markazda bemorlar, qolaversa tibbiyot xodimlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Malakali shifokorlar tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Bu esa bemorlarga o‘z vaqtida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Shu kuni mehmonlar tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.