Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA “ADLIYA SAYILI” O‘TKAZILDI
2024-08-29 17:02:20 150
O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirilgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga manzilli yetkazish maqsadida Qo‘shtepa tumani adliya bo‘limi tomonidan “Loyson” va “Shodlik” MFYlarida “Adliya sayili” o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir doirasida yig‘ilganlarga qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmoni bilan adliya muassasalariga yuklatilgan qo‘shimcha vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati haqida ham tushuncha berildi.