Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“BIR BO’LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!”
2024-08-28 22:56:00 172
Qo‘shtepa tumanida Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonasi keng nishonlandi!
Qo‘shtepa tumanida O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari bir-biriga ulanib ketyapti.
Xususan bugun tuman markazida tantanali bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi. Tuman markazi yuragida yurt ishqi yongan, yuz-ko‘zlarida shukronalik nurlari porlagan qalbi qaynoq qo‘shtepaliklar va tumanimiz mehmonlari bilan to‘ldi.
Shukuhli tadbirni tuman hokimi Anvarjon Abdullayev tabrik so‘zi bilan ochib, shodiyona ishtirokchilari va ularning timsolida barcha tuman ahlini ulug‘ ayyom bilan qizg‘in qutladi. Tuman hokimi mustaqillik, ayniqsa, keyingi yillarda mamlakatimizda, xususan, tumanda qurilish, bunyodkorlik, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish, hayotini yanada yaxshilash borasida keng ko‘lamli islohatlar olib borilayotganligini ta’kidladi.
Bayram tantanasida O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Barcha qalbida o‘zgacha g‘urur va iftixor bilan jo‘r bo‘lib kuyladi.
Tadbirning badiiy qismini tuman madaniyat bo‘limi badiiy havaskorlari va qo‘shtepalik yoshlar boshlab berdilar. Estrada yorqin yulduzi Jaloliddin Ahmadaliyev, el suygan ustazoda san’atkor Zohirshoh Jo‘rayev, O’zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va boshqa bir qator san’atkorlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarga kattayu kichik jo‘r bo‘lib kuylab, raqsga tushdilar. Diltortar qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Bayram tadbiri o‘ziga xos mushakbozlik bilan yakuniga yetdi.
Yurtdoshlarimizga a’lo kayfiyat va bayram shukuhini hadya etayotgan tantanalar tumanimizning barcha mahallalari va mehnat jamoalarida davom etmoqda.
Yaqinlashayotgan mustaqilligimizning 33 yilligi barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!