Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 222 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SHOMIRZA” MAHALLASIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH, XONADONLARDA SANITARIYA-GIGIYENIK QOIDALARGA AMAL QILISH ORQALI SALOMATLIKNI ASRASH BO‘YICHA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

×

 2024-08-27 12:59:01    122

PDF yuklash
Chop etish


 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Mahallabay” ishlash tizimi orqali yuqumli kasalliklarni oldini olish, xonadonlarda sanitariya-gigiyenik jihatdan orastalikni ta’minlash bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan “Shomirza” mahallasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, xonadonlarda sanitariya-gigiyenik qoidalarga amal qilish orqali salomatlikni asrash bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mahalla mas’ullari va faollari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Unda yuqumli va parazitar kasalliklar, it va boshqa hayvonlardan jarohatlanish, ovqatdan zaharlanish, shu jumladan botulizm, oits, brutsellyoz, qo‘tir, sil shu bilan birga hozirgi kunda dunyo miqiyosida tarqalyotgan maymun chechagi kasalligi va uni epidemiologiyasi, klinikasi profilaktik chora- tadbirlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

 Shuningdek, mahallada joylashgan xonadonlarda ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya tizimining holati, uy hayvonlari saqlanadigan joylarning holati, chiqindilarini tozalash, yig‘ish va ko‘mish ishlarining olib borilishi bo‘yicha tushunchalar aytib o‘tildi.

 Suhbat davomida mutaxassislar mahalla faollariga yuqorida qayd etilgan holatlar, ularning kelib chiqish sabablari, mazkur kasalliklarga xos klinik belgilar, davolash usullari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar bo‘yicha mutaxassislar tushuntirish berdi va tarqatma materiallar tarqatildi. 

Uchrashuv davomida aholi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.




 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram