Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI “SARMOZOR” MAHALLASIDAGI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI BILAN TANISHDI

×

 2024-08-24 08:04:41    48

PDF yuklash
Chop etish





Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev tuman sektorlari rahbarlari bilan birgalikda “Sarmozor” mahallasida bo‘lib, istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.

Dastlab MFY hududida tashkil etilgan poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Malika poyabzallari” MChJ faoliyati bilan tanishildi.

Tadbirkor tomonidan 4,0 mlrd so‘m loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, natijada 25 ta ishchi o‘rni yaratilgan.

“Natural milk vodiy” MChJda sut mahsulotlarini qayta ishlab sariyog‘ mahsulotlari tayyorlanayotgan bo‘lib, tadbirkor tomonidan 3,0 mlrd so‘m loyiha amalga oshirilgan. Korxonada 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi. Tuman rahbari uning faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Sektor rahbarlari poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Sharq ravon” MChJ faoliyati bilan ham tanishdilar. Tadbirkor tomonidan 23,0 mlrd so‘m loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, natijada 40 ta ishchi o‘rni yaratilgan.

Tuman rahbari ishchilar bilan suhbatlashib, daromadlari bilan qiziqdi. Buyurtmalarni ko‘paytirish, sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.


















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram