Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA
2024-08-22 15:37:17 153
Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Qabulda muammosi va murojaati bo‘lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazilib, murojaatlari birma-bir tinglandi.
Tuman hokimi tomonidan “har bir murojaat zamirida inson taqdiri yotganligini inobatga olib, uning ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish zarur” ligi ta’kidlandi.
Qabul jarayonida fuqarolarning ayrim murojaatlari hal etilib, ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi. Shuningdek vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rilishi, har bir murojaat asoslicha o‘rganilib chiqilib, qonuniy yo‘l bilan yechimini xal etilishi nazoratga olindi.