Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI “BO‘SH ISH O‘RINLARI” MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI
2024-08-22 14:11:47 78
Qo‘shtepa tumani hokimligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ishsiz, shu jumladan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqorolarni bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Unda 80 nafardan ortiq fuqaro qatnashdi. “Mehnat yarmarkasi”davomida 18 nafar fuqaroga ishlash uchun yo‘llanma berildi. 22 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘naltirildi.
Shu bilan bir qatorda 10 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi, mavjud ish o‘rinlarida belgilangan imtiyoz va kafolatlar, ish o‘rinlari to‘g‘risida tushuncha, maslahatlar berildi.