Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 233 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ADLIYA KUNI, BEPUL HUQUQIY XIZMAT BILAN HAR BIR UYGA

×

 2024-08-14 22:26:48    184

PDF yuklash
Chop etish





O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi tomonidan “Istiqbol” mahallasida uyma-uy yurgan holda targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi tomonidan “Istiqbol” mahallasida mahalla yettiligiga o‘zlarining faoliyatlari bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushunchalar berildi. Mahalla statusiga alohida e’tibor qaratilayotganligi, ish faoliyatidagi qulayliklar bilan tanishib, ularning muammolar va takliflari eshitildi. Ish faoliyatlari bo‘yicha metodik yordam berish maqsadida tegishli yo‘nalish va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2024–2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish belgilandi, shuningdek, 2024-yilning 1-may sanasidan elektr energiyasi va tabiiy gaznin bir oylik iste’moli bazaviy me’yorlari tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan Qo‘shtepa tumanida aholiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati va uning doirasida amalga oshiriladigan ishlar, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda 2024 yil 1 maydan boshlab aholi uchun elektr-energiyasi bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari haqida atroflicha tushuntirish berildi. 

Tadbir davomida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning bir necha turdagi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Shuningdek tadbirlarda aholining  huquqiy axborotga bo‘lgan talabini qondirish, fuqarolar o‘rasida eng ko‘p uchrayotgan muammolarning huquqiy yechimlarini tushuntirish, qonunchilikdagi imtiyoz va yangiliklar haqida xabardor qilish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbir davomida adliya bo‘limi tomonidan 4 ta murojaat ish yurutuviga olindi, 8 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi.

Fuqarolar qonunchilik tizimidagi eng ohirgi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilindi.

 



















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram