Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
2024-08-14 12:40:23 260
Bugun Qo‘shtepa tumanida hokimi va sektor rahbarlari mahallalardagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bu uchrashuv davomida yoshlar o‘z taklif va mulohazalari bilan mas’ul rahbarga murojaat qilib, dolzarb tashabbuslarni ilgari surdilar. 10 nafar yoshlarning murojaatlari tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida muhokama qilinib hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Muloqot yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslarini amalga oshirish, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu nafaqat yoshlarning muammolarini hal qilishga yordam beradi, balki ularning kelajakda mustahkam qadamlar tashlashlariga ham katta turtki bo‘ladi.