Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 255 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA QUYOSH PANELLARIDAN FOYDALANISH OMMALASHMOQDA

×

 2024-08-10 12:57:42    406

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanida elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etilishiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligi va prokuraturasining tashabbusi bilan “Shahartepa” mahallasi hududidagi Ozodlik ko‘chasida yashovchi N.Abdullayevning yashash xonadonida tuman hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari, mas’ul idoralar vakillari hamda tadbirkorlar ishtirokida “Qo‘shtepa tumanida elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etilishi”ga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida muqobil energiya sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniya vakillari ham ishtirok etib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.  Shuningdek, bugungi kunda mazkur kompaniyalar tomonidan taklif etilayotgan qurilmalar ishlash samaradorligi, servis xizmatlari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida ham tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, seminar davomida bugungi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalanib daromad topayotgan fuqaro N.Abdullayev, shuningdek, tadbirkorlar va aholi vakillari ham so‘z olib, muqobil energiya manbalari orqali topayotgan daromadlari haqida qatnashchilarga so‘zlab berishdi.

Xususan, fuqaro N.Abdullayev yashash xonadonlarida elektr energiyasini iqtisod qilish bo‘yicha 3 ta jami 150 kVtlik quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, hozirgi kunda bir oylik iste’moli 450-500kVni tashkil etadi. Bundan tashqari, bitta 50 kVali quyosh panel o‘rnatgan xonadonidan bir oyda jami 5400-6099 kV soat elektr energiyani iqtisod qilib, tejab, buning natijasida bitta xonadonidan o‘rtacha 5,4-6,1 million so‘m daromad qilmokda.

 














 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram