Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANA BIR MUAMMO YECHIM TOPDI
2024-08-08 21:26:36 150
Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev bugun “Paxtakor” MFY hududida joylashgan 42-maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Mas’ullar bilan bo‘lgan suhbat davomida o‘quv binosi va hududi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufida bo‘lmaganligi sababli bo‘lim tomonidan qurilish va ta’mirlash ishlari uchun mablag‘ ajratishda muammo borligi aniqlanib, tuman rahbari tomonidan ushbu muammoni qisqa muddatda bartaraf etish uchun mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman hokimi ushbu mahallada davlat xususiy sherikchilik asosida o‘z faoliyati boshlagan maktabgacha ta’lim muassasasiga ham tashrif buyurdi.
Tadbirkor tomonidan mavjud bino ta’mirlanib, zamonaviy turdagi mebel jihozlari bilan ta’minlangan.