Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA YOSHLAR MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA
2024-08-07 17:03:09 212
Bugun Qo‘shtepa tumanida hokimi va sektor rahbarlari 2024 yil oliy ta’lim muassasalarini tamomlab o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish istagida bo‘lgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bu uchrashuv davomida yoshlar o‘z taklif va mulohazalari bilan mas’ul rahbarga murojaat qilib, dolzarb tashabbuslarni ilgari surdilar. 70 dan ortiq yoshlarni o‘zlari istiqomat qalayotgan mahalla hududidagi maktablarga ishga joylashtir bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. tadbir davomida 5 nafar o‘z muammolari bilan murojaat qilgan yoshlarni murojaatlari qanoatlantirildi.
Muloqot yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslarini amalga oshirish, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu nafaqat yoshlarning muammolarini hal qilishga yordam beradi, balki ularning kelajakda mustahkam qadamlar tashlashlariga ham katta turtki bo‘ladi.