Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BEPUL HUQUQIY XIZMAT BILAN HAR BIR UYGA 

×

 2024-08-07 16:54:13    206

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʻmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʻuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini taʻminlash maqsadida Qo‘shtepa tuman adliya boʻlimi tomonidan “Fayz” mahallasida uyma-uy yurgan holda targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi tomonidan “Fayz” mahallasida mahalla yettiligiga o‘zlarining faoliyatlari boʻyicha qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushunchalar berildi. Mahalla statusiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, ish faoliyatidagi qulayliklar bilan tanishib, ularning muammolar va takliflari eshitildi. Ish faoliyatlari boʻyicha metodik yordam berish maqsadida tegishli yoʻnalish va koʻrsatmalar berildi.

Tadbir davomida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning bir necha turdagi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Tadbir davomida aholining huquqiy axborotga bo‘lgan talabini qondirish, fuqarolar orasida eng ko‘p uchrayotgan muammolarning huquqiy yechimlarini tushuntirish, qonunchilikdagi imtiyoz va yangiliklar haqida xabardor qilish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbir davomida adliya bo‘limi tomonidan 5 ta murojaat ish yurutuviga olindi, 6 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi.

Fuqarolar qonunchilik tizimidagi eng ohirgi o’zgarishlar to’g’risida xabardor qilindi.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram