Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QATAG’ON QURBONLARI XOTIRLANDI

×

 2024-08-06 12:22:28    264

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimizda 2001-yildan buyon 31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Ushbu sana hamda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida Qatag‘on qurbonlari yodga olindi.

Ortiq qori Madaminov 1883-yili Qumtepa mahallasida tug‘ilgan. Yoshligidan arab, fors, rus tillariga qiziqqan, keyinchalik bu tillarni mukammal o‘rgangan. U 1935-36 yillarda ilmli ulamolar qatorida Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun qilingan.

Sohibkor MFYda yashagan Xolmatjon Maxmudov 1910-yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. 1937 yilda ota-onasi bilan birga Ukrainaga surgun qilingan. Oradan 16 yil o‘tib, 1953 yilda oqlanib o‘z uylariga qaytib kelishgan.

Tumandagi ma’sullar Xolmatjon Maxmudov hamda Ortiq qori Madaminovlar yashagan xonadonda bo‘ldi. Bugun ham tarixning qora kunlari va ayanchli taqdirlar yodga olindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram