Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2024-08-01 16:33:47 309
2023-2024 yillar davomida Farg‘ona viloyatida Respublika oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, uning moliyaviy asosini Jahon banki hamda Yaponiya ijtimoiy taraqqiyot jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi tashkil etadi. Bugungi kunda loyihada joriy yil uchun belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilib, viloyatimizning Yozyovon, So‘x, Furqat va Qo‘shtepa tumanlaridan tanlab olingan 28 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida ishlar tizimli asosda olib borilmoqda.
Jumladan Qo‘shtepa tumanidagi “Do‘rmon” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Do‘rmon kelajagi” ayollar farvonligini oshirish guruhining chevar ayollari o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda. Bugun ayollarimiz oilalariga daromad olib kirib jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishganidan juda mamnun.