Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA
2024-07-30 15:52:12 193
Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida fuqarolar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topishga harakat qilmoqda.
Jumladan, bugun tuman hokimi A.Abdullayev va tuman prokurori A.Xudoyberganovlar tomonidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda aholi murojaatlari o‘rganilib, bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rildi.
Ular “Oqtepa” MFY hududidagi ichimlik suvi muammosini o‘rganib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan pudratchi tashkilot rahbariga qisqa muddatda ishlarni sifatli bajarib, yakuniga yetkazish topshirig‘ini berdilar.