Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI “YANGI DO‘KON” MAHALLASIDA BO‘LDI
2024-07-29 19:49:42 164
Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev bugun “Yangi do‘kon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi. Tuman rahbari tomonidan yettilik faoliyatini takomillashtirish, hududda aholi bandligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish, soliq tushumlarini ko‘paytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni takomillashtirish yuzasidan bergan ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tuman rahbari “Yangi do‘kon” mahallasida bo‘lgan chog‘ida tadbirkorlar R.Qodirov va D.Oxunovlarning faoliyatini o‘rgandi. Hozirgi kunda milliy hunarmandchilik faoliyatini olib borayotgan tadbirkorlarning muammolari o‘rganilib, ularning muammolarini hal etish chora-tadbirlari belgilab olindi.