Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2024-07-29 19:31:21 149
Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev bugun “Langar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga muddatli topshiriqlar berildi.
Shuningdek tuman rahbari “A.Aligavxarov Langar” MMTP hududida joylashgan bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida 2024 yil hosili uchun yetishtirilayotgan mevali daraxtlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi bilan ham tanishdi.
Tuman hokimi tomonidan mas’ullarga mevali daraxtlar orasida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hamda hududda obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.