Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI “ISTIQBOL” MAHALLASIDA BO‘LDI
2024-07-27 22:59:12 291
Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib mahalla “ettiligi”ning ish faoliyati bilan tanishdi.
Tuman hokimi tomonidan “mahalla yettiligi”ga har bir oilalarning yashash sharoiti o‘rganilib, ishsizlar va tadbirkorlik kabi o‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga doir ko‘rsatmalar berildi.
Mahalladagi xonadonlarda bo‘lgan tuman rahbari aholini qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi. Obod ko‘chasida yashovchi X.Xakimov xonadoniga tashrif buyurgan sektor rahbari ushbu oilaning daromad manbaini o‘rgandi va fuqaroga imtiyozli kredit asosida 4 sotix issihxona qurib berilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, tuman rahbari mahallada “Sayxunobod tajribasi” asosida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishib, mas’ullarga tegishli tavsiyalarini berdi.