Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2024-07-26 16:16:48 179
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumanidagi “Qiyqi” mahallasida istiqomat qiluvchi Nargizaxon Sultonovaning bolalar nafaqasini olish bilan bog‘liq murojaati e’lon qilingan edi. Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Fuqaro Sultonova Nargizaxon Nodirjon qizining 2024 yil 14 may kungi bolalar nafaqasi so‘rab bergan arizasi Yagona reestr bazasida ko‘rib chiqilib, turmush o‘rtog‘i Sultonov Sanjarbek Shuxratjon o‘g‘li rasmiy daromadga ega bo‘lmaganligi sababli rad etilgan.
Shundan so‘ng Sultonov Sanjarbek Shuxratjon o‘g‘li tomonidan joriy yil 20 iyul kuni topshirilgan ariza Yagona reestr axborot tizimiga kiritilgan va tizim tomondan tahlildan o‘tkazilgach 2024 yil sentyabr oyida javoblari ma’lum bo‘lishini bildiramiz.
Yuqoridagi holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mas’ullari tomonidan fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib tushuncha ham berildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.