Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLABAY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
2024-07-26 09:34:01 133
Qo‘shtepa tuman sanitariya epidemilogik-osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan olib borilayotgan mahallabay ishlar davom etmoqda. Mutaxassislar ishtirokida mavjud 51 ta MFYda ko‘chama ko‘cha kirilib, aholi xonadonlarida mahallabay o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari davomida aholi o‘rtasida mavsumiy gripp, diyareya, botulizm, qizamiq, quturish, OITS, gepatit va boshqa kasalliklar haqida tushunchalar berilib, bukletlar tarqatilmoqda.
Shuningdek mahalla mas’ullari hamda patronaj hamshiralar ishtirokida yakka yolg‘iz, qarovchisi bo‘lmagan keksa yoshdagi va surunkali kasallik bilan “D” nazoratida turuvchilar xolidan xabar olinib ularga ham amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Targ‘ibot va o‘rganishlar davomida maishiy xizmat ob’ektlarida ishlovchi xodimlarga yuqumli kasalliklar profilaktikasi, yoz mavsumida ko‘p uchraydigan yuqumli kasalliklar hamda ularni oldini olish choralari, vaqtida emlanishlari bo‘yicha tushunchalar berilmokda.
Hududlardagi maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga tashlamaslik, yer ustini tozalashlari haqida ma’sullarga tushuntirishlar berilmoqda.