Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSH FUTBOLCHILARGA OMAD TILANDI

×

 2024-07-25 15:56:48    90

PDF yuklash
Chop etish


 

“Davlat xavfsizligi xizmati kubogi” musobaqalarining viloyat bosqichi final uchrashuvida tumanimiz sha’nini “Borot” mahallasining “Borot” jamoasi himoya qiladi va Toshloq tumanining “Nayman” jamoasi bilan to‘p surishadi.

Bugun tuman hokimligining yig‘ilishlar zalida sektor rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Borot” jamoasi a’zolari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar bo‘lajak musobaqada jamoaga omad yor bo‘lishini tilashdi. Shundan so‘ng sektor rahbarlari ishtirokida “Borot” jamoasi a’zolariga sport kiyimlari va sport buyumlari topshirildi.

O’z o‘rnida jamoa futbolchilari ham o‘zlariga yaratib berilayotgan yaxshi sharoitlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun mas’ullarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, musobaqada g‘olib bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishlarini aytishdi va tuman hokimiga sport kiyimini topshirishdi. 

Oldinda “Davlat xavfsizligi xizmati kubogi” musobaqalarining viloyat bosqichi final uchrashuvi turibdi. Biz ham barcha tumandoshlarimiz nomidan jamoaga omad tilaymiz!









 

 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram