Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2024-07-24 14:03:31 190
Qo‘shtepa tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xotin-qizlar faollarining olti oylik yakunlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.
Tadbir davomida mahallalarda sodir etilayotgan xotin-qizlar hamda oila-turmush doirasidagi jinoyatlar, oilaviy ajrimlar, “Ayollar daftari” 5-bosqichi ijrosi, mahallalarda ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlar bandligi va reproduktiv salomatlikni mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda birinchi yarim yillik yakuni muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva va hamkor tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etishdi.