Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2024-07-24 09:14:35    213

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘shtepa tumanidagi Qumtepa bozorida mashina qo‘ygani “stoyanka” yo‘q”ligi haqidagi tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

“Qumtepa” mahallasi hududidagi B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan bozorning Qo‘shtepa tumaniga qarashli qismi 1.74 ga ( oldi qismi 70 metr)ni tashkil etadi. Ushbu hududda nafaqat tumanimizga qarashli “Dehqon bozori” MChJ balki Farg‘ona shahridan ro‘yxatdan o‘tgan “Kelajak bog‘i” xususiy firmasi, “Marg‘ilon Fayz” savdo kompleksi, Marg‘ilon hunarmandlar bozori ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Qo‘shtepa tumanidagi “Dehqon bozori” tasarrufidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “2017-2019 yillar davomida Dehqon bozorlarini rekonstruktsiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PQ-2853-sonli qarori asosida Qo‘shtepa tumani hokimining 2018 yil 16 fevral kungi №385 sonli qaroriga asosan 1.5 ga yer maydoni hokimiyat balansiga qaytarilgan va “NBU BUNYODKOR INVEST” MChJ tomonidan na’munaviy loyiha asosida 3 tipdagi “Savdo majmuasi” qurib bitkazilgan va “Kelajak bog‘i” xususiy firmasi tomonidan boshqarib kelinmoqda. 3-TIP asosida qurilgan ushbu majmuada loyihaga asosan avtomashinalarni vaqtincha saqlash uchun turargohlar tashkil etish tasdiqlangan. “Dehqon bozori” oldi qismida esa aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Madad bank” tomonidan ko‘chma pul yechish apparati joylashgan bino, ko‘chma mayishiy xizmat, ko‘chma savdo yarmarkasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Aholiga va tadbirkorlarga qulaylik yaratish, turli noxush xolatlarni oldini olish maqsadida tuman mas’ullari va viloyat IIB, Yo‘l harakati xafsizligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganishlar olib borilmoqda va bozorni kunlikka o‘tkazish masalasi qo‘yilgan. Shunga asosan tuman hokimining 2024 yil 25 mart kuni 45-11-157-G’ /24-sonli farmoyishi chiqqan.

Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram